Iqtisodiyot

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 5,5 mlrd dollarga kamaydi. Asosiy omil - oltin narxining arzonlashishi

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida 7,7 foizga yoki 5,5 mlrd dollarga qisqarib, 1-oktabr holatiga 66,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Zaxiralarning valyuta qismi 702 mln dollarga, oltin qismining qiymati esa 4,8 mlrd dollarga kamaydi. Oʻz navbatida oltinning fizik hajmi 14,3 mln troya unsiyagacha oshdi. Bu tarixiy maksimum koʻrsatkich.

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 5,5 mlrd dollarga qisqardi. Bunga asosiy sabab — oltin narxining pasayishi

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida qariyb 5,5 mlrd dollarga kamayib, 1-oktabr holatiga 66,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Oʻtgan oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 702 mln dollarga, oltin qismining qiymati esa 4,8 mlrd dollarga kamaydi. Shu bilan birga, zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi 14,1 mln troya unsiyadan 14,3 mln troya unsiyaga oshdi. Bu tarixiy maksimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Natijada oltinning xalqaro zaxiralardagi ulushi 90 foizdan oshdi.

Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qogʻozlar portfeli ham 1 mlrd 765 mln dollardan 1 mlrd 691 mln dollargacha qisqardi.

«Oʻzbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil sentabr oyida 5,5 mlrd dollarga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining 4602 dollardan 4188,75 dollargacha tushishining taʼsiri -5,9 mlrd. dollarni tashkil etdi», deyiladi MB izohida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.