Mahalliy

Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Serbiyada agrar loyihalarni yoʻlga qoʻyadi

Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Serbiyada agrar loyihalarni amalga oshiradi

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Serbiya Qishloq, oʻrmon va suv xoʻjaligi vaziri Dragan Glamochich bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida tomonlar oʻzbekistonlik tadbirkorlarning Serbiya hududida chorvachilik, bogʻdorchilik va urugʻchilik sohalaridagi qoʻshma loyihalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Muzokaralarda naslli chorvachilikni rivojlantirish, zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, yem-xashak bazasini kengaytirish hamda ilgʻor veterinariya texnologiyalarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, intensiv bogʻlar barpo etish, yuqori hosilli urugʻ navlarini yetishtirish va koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qoʻshilgan qiymat zanjirini shakllantirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish istiqbollariga toʻxtalib oʻtdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar Serbiyada oʻzbekistonlik investorlar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va agrotexnologiyalar almashinuvining ahamiyatini taʼkidladilar.

Yakunda oʻzbekistonlik tadbirkorlarning Serbiyadagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va ikki mamlakat oʻrtasidagi agrar sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun ushbu respublika rahbari Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Serbiyaga joʻnab ketdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.