Mahalliy

Oʻzbekistonga turistlar oqimi 21 foizga oshdi

2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda 9,1 mln nafardan ortiq chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga koʻp.

Oʻzbekistonga turistlar oqimi 21 foizga oshdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni 9 mln 102,7 ming nafarni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln nafarga yoki 21,1 foizga koʻpaygan.

Oʻzbekistonga eng koʻp turist Qirgʻiziston Respublikasidan kelgan — 2 mln 524,4 ming nafar. Undan keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston — 2 mln 171,6 ming va Tojikiston — 2 mln 25,4 ming nafar bilan qayd etilgan.

Sakkiz oy davomida Rossiyadan 867,8 ming nafar, Afgʻonistondan 329,6 ming nafar, Xitoydan esa 318,5 ming nafar turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Shuningdek, Turkmanistondan 224,8 ming, Turkiyadan 130,2 ming, Hindistondan 39,5 ming va Germaniyadan 32,2 ming nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.