Oʻzbekistonga istalgan miqdordagi naqd pulni olib kirish mumkin, ammo bitta nozik jihati bor. Turistlar nimalarni bilishi kerak?

Oʻzbekistonga istalgan miqdordagi naqd pulni olib kirish mumkin, ammo buning oʻz nozik tomoni bor. Turistlar nimani bilishlari kerak?
Turistlar Oʻzbekistonga summasi cheklanmagan miqdordagi naqd pullarni olib kirish huquqiga ega. Ammo umumiy hajmi 100 million soʻm ekvivalentidan oshsa, barcha mablagʻlarni bojxona deklaratsiyasida koʻrsatish kerak. Bu, ayniqsa, safardan soʻng qolgan pullarni mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi boʻlganlar uchun muhimdir.
Kirishda, agar mavjud boʻlgan barcha naqd xorijiy va milliy valyutaning umumiy summasi belgilangan meʼyordan yuqori boʻlsa, uni deklaratsiya qilish shart. Shu bilan birga, undan kamroq summalarni ham oʻz xohishiga koʻra deklaratsiyaga kiritish mumkin.
Oʻzbekistondan chiqishda deklaratsiyasiz 100 million soʻm ekvivalenti doirasidagi naqd pullarni olib chiqishga ruxsat beriladi. Agar summa bundan koʻp boʻlsa, qoʻshimcha bojxona talablari amal qila boshlaydi. Xorij fuqarolari uchun, xususan, kirishda koʻrsatilgan summa ahamiyatga ega.
Deklaratsiyani saqlab qoʻyish nega muhim?
Turistlar chegarani kesib oʻtishda yirik summani deklaratsiya qilishni tesh-tesh unutib qoʻyishadi. Safar davomida pulning bir qismi sarflanadi, ammo qolgan qoldiq baribir belgilangan meʼyordan ortiq boʻlishi mumkin. Agar naqd pul olib kirilganini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, chiqishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Masalan, turist oʻzi bilan 15 ming dollar olib keldi. Bu summa 100 million soʻm ekvivalentidan oshadi, shuning uchun uni deklaratsiyada koʻrsatish kerak. Safar davomida pulning bir qismi ishlatilgan boʻlsa ham, saqlab qoʻyilgan deklaratsiya qoldiqning qonuniy olib kirilganini tasdiqlashga yordam beradi, shu jumladan u belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda ham.
Bojxonada muammolarga duch kelmaslik uchun turistlarga quyidagilar tavsiya etiladi: agar naqd pullarning umumiy summasi 100 million soʻm ekvivalentidan oshsa, ularni toʻliq deklaratsiya qilish; deklaratsiyaning oʻz nusxasini mamlakatdan chiqib ketguncha saqlab qoʻyish; soʻmdagi ekvivalent chegarani kesib oʻtish kunidagi Oʻzbekiston Markaziy banki kursi boʻyicha hisoblanishini inobatga olish; savollar tugʻilganda nazoratdan oʻtishdan oldin talablarni bojxona xodimlaridan aniqlashtirib olish.
Ushbu qoidalarga rioya qilish Oʻzbekistondan chiqishda noxush kutilmagan holatlarning oldini olishga yordam beradi.
Yil boshidan beri Oʻzbekistonga 10,3 million xorijlik turist tashrif buyurdi — bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 20,4 foizga koʻpdir. Bundan tashqari, nafaqat yaqin qoʻshnilar, balki uzoq xorij mamlakatlari tomonidan ham qiziqish ortib bormoqda.

