Rossiyadan Oʻzbekistonga chiqib ketayotganlar uchun naqd pul olib chiqishning yangi qoidalari joriy etildi
Rossiyadan Oʻzbekistonga chiqib ketayotgan fuqarolardan 1 million rubldan ortiq naqd pul olib chiqilayotganda ularning kelib chiqishini tasdiqlash talab etiladi. Bunday miqdordagi mablagʻni olib chiqish uchun hisobvaraq yoki omonatdan pul yechib olinganligi toʻgʻrisida bank koʻchirmasini taqdim etish zarur. Shuningdek, mablagʻlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, jumladan, kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi ham qabul qilinadi. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq naqd pul bilan uchib ketish […]

Rossiyadan Oʻzbekistonga chiqib ketayotganlar uchun naqd pul olib chiqishning yangi qoidalari joriy etildi
Rossiyadan Oʻzbekistonga yoʻl olayotgan fuqarolardan 1 million rubldan ortiq naqd pul olib chiqishda ularning kelib chiqishini tasdiqlash talab etiladi.
Bunday miqdordagi mablagʻni olib chiqish uchun pul mablagʻlari hisobraqamdan yoki omonatdan yechib olingani toʻgʻrisidagi bank koʻchirmasini taqdim etish lozim. Mablagʻlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, jumladan, kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi ham qabul qilinadi.
Bundan tashqari, 1 million rubldan ortiq naqd pul bilan faqat Rossiyaning belgilangan 17 ta aeroportidan biri orqali uchib ketish mumkin. Ushbu cheklovlar Oʻzbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon va YEOII mamlakatlariga chiqib ketishdagi naqd pullar uchun amal qiladi.
Agar belgilangan talablar buzilsa, 1 million rubldan ortiq boʻlgan mablagʻ musodara qilinishi mumkin.

