Oʻzbekistondan limon eksporti 2,2 barobarga oshdi
Joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekistondan qiymati 4,2 mln dollarga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilindi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga koʻp. Asosiy bozorlar - Qozogʻiston va Rossiya.

Oʻzbekistonning limon eksporti 2,2 baravarga koʻpaydi.
Milliy statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvaridan iyunigacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston xorijga jami 4,1 ming tonna limon yetkazib bergan. Bu eksportning umumiy qiymati 4,2 million dollarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, limon eksportining bu hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 2,2 baravarga oshgan.
Mazkur olti oy ichida Oʻzbekiston limonini eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagilar:
* Qozogʻiston – 2,3 ming tonna;
* Rossiya – 1,7 ming tonna;
* Qirgʻiziston – 163,7 tonna;
* Afgʻoniston – 18 tonna;
* Birlashgan Arab Amirliklari – 2,4 tonna;
* Boshqa davlatlar – 3 tonna.

