O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Yarim yilda O‘zbekistonga 11 davlatdan kartoshka import qilindi. Importning asosiy qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan

O‘zbekiston 2026-yilning yanvaridan iyunigacha bo‘lgan davrda 11 mamlakatdan jami 34 million AQSh dollariga teng 421 ming 918 tonna kartoshka import qildi. Bu ma’lumot Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi qariyb 46,9 ming tonnaga kamaygan bo‘lsa-da, Qozog‘iston yetkazib beruvchilar orasida yetakchilikni saqlab qoldi.
Qozog‘istondan 337,9 ming tonna kartoshka olib kelingan bo‘lib, bu umumiy importning katta qismini tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarda Pokiston va Qirg‘iziston joylashgan.
Pokistondan 33,8 ming tonna, Qirg‘izistondan esa 14,8 ming tonna kartoshka import qilingan.
Shuningdek, Afg‘onistondan 13,5 ming tonna, Niderlandiyadan 9,7 ming tonna kartoshka olib kelingan. Qolgan 12,2 ming tonna kartoshka boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

