Mahalliy

Oʻzbekistondan koʻchib ketish kamayib, doimiy yashash uchun koʻchib kelayotganlar koʻpaydi

Xorijdan doimiy yashash uchun Oʻzbekistonga koʻchib kelayotganlarning asosiy qismi Rossiya, Qozogʻiston va Tojikistonga toʻgʻri kelmoqda. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 580 nafar rossiyalik Oʻzbekistonga koʻchib kelgan.

Oʻzbekistondan koʻchib ketish kamayib, doimiy yashash uchun koʻchib kelayotganlar koʻpaydi

2026-yil yanvar–iyun oylarida xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga doimiy yashash maqsadida 1 649 kishi koʻchib kelgan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan.

Xorijdan doimiy yashash uchun kelganlarning katta qismi Rossiya (580 nafar), Qozogʻiston (362 nafar) va Tojikiston (147 nafar) hissasiga toʻgʻri kelgan. Yana 560 kishi boshqa davlatlardan koʻchib kelgan.

Hududlar kesimida:

- Toshkent shahriga — 1 089 nafar;

- Toshkent viloyatiga — 269 nafar;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasiga — 115 nafar;

- Navoiy viloyatiga — 31 nafar;

- Samarqand viloyatiga — 22 nafar;

- Xorazm viloyatiga — 21 nafar;

- Surxondaryo viloyatiga — 18 nafar;

- Sirdaryo viloyatiga — 15 nafar;

- Fargʻona viloyatiga — 15 nafar;

- Buxoro viloyatiga — 13 nafar;

- Namangan viloyatiga — 13 nafar;

- Jizzax viloyatiga — 12 nafar;

- Andijon viloyatiga — 11 nafar;

- Qashqadaryo viloyatiga — 5 nafar.

2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistondan xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash maqsadida 5 422 kishi koʻchib ketgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 129 kishiga yoki 2,3 foizga kam.

Oʻzbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan Qozogʻiston, Rossiya, Koreya kabi davlatlarga koʻchib ketishgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.