Iqtisodiyot

Oʻzbekistondan AQShga IT-xizmatlar eksporti 320 mln dollardan oshdi

Oʻzbekiston raqamli sohasi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga tashrifi chogʻida boʻlib oʻtgan C5+1 amaliy dasturi doirasida Amerika kompaniyalariga taqdim etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Enterprise Uzbekistan, IT Park Uzbekistan, shuningdek, Meta, Google va Mastercard xalqaro kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Enterprise Uzbekistan maʼlumotlariga koʻra, 550 dan ortiq kompaniya […]

Oʻzbekistonning AQShga IT-xizmatlari eksporti 320 mln dollardan oshdi

Tadbirda Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Enterprise Uzbekistan, IT Park Uzbekistan, shuningdek, Meta, Google va Mastercard xalqaro kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Enterprise Uzbekistan maʼlumotlariga koʻra, IT Park Uzbekistan rezidenti boʻlgan 550 dan ortiq kompaniya Amerika bozorida faoliyat yuritmoqda. 16 mingdan ortiq mutaxassis AQShdan kelgan mijozlarga xizmat koʻrsatmoqda, ushbu mamlakatga IT-xizmatlar eksporti esa 320 mln dollarga yetdi. Oʻzbekiston texnologik eksportining umumiy hajmi 1,1 mlrd dollarni tashkil etadi, bunda 45% ulush Shimoliy Amerika hissasiga toʻgʻri keladi.

Enterprise Uzbekistan loyihasining vazifalari haqida yangi yurisdiktsiya strategiyasi va amalga oshirish rejasini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi Irlandiyaning Savaday konsalting kompaniyasi vakili Jon Kilmarten soʻzlab berdi.

«Enterprise Uzbekistan — mamlakat texnologik ekotizimi rivojlanishining keyingi bosqichidir. Loyiha xalqaro kompaniyalarga tanish boʻlgan umumiy huquq yurisdiktsiyasini yaratishga qaratilgan. U ingliz tilidagi muhitni, sunʼiy intellekt uchun regulyatorlik qumdonini va eksportni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bizning maqsadimiz — xalqaro kompaniyalar Oʻzbekistonda biznes ochishlari hamda mintaqaga va boshqa bozorlarga tovarlar va xizmatlarni eksport qilishlari uchun maydoncha yaratishdan iborat», — deb taʼkidladi Jon Kilmarten.

Uning soʻzlariga koʻra, forum tashabbusni potentsial investorlarga taqdim etish, biznesdan fikr-mulohazalar olish va Enterprise Uzbekistan’ning boʻlajak rezidentlari bilan aloqalar oʻrnatish imkonini beradi.

Loyiha doirasida ingliz umumiy huquqini qoʻllash va mustaqil xalqaro sud yaratish koʻzda tutilgan. Tegishli qonunchilik 2027 yil boshida kuchga kirishi, eʼlon qilingan shartlar esa 2100 yilgacha kafolatlanishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.