Oʻzbekistondagi ikkita yashirin bosmaxonadan 26 mingdan ortiq diniy kitob musodara qilindi

Oʻzbekistondagi ikkita yashirin bosmaxonadan 26 mingdan ortiq diniy kitob musodara qilindi
Fargʻona viloyati va Toshkent shahrida diniy adabiyotlar zarur ruxsatnomalarsiz chop etilgan ikkita noqonuniy bosmaxona aniqlandi. Binolardan birida huquq-tirtibot xodimlari yuz minglab pirotexnika buyumlarini ham topishdi.
Birinchi bosmaxona Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotlariga koʻra, uni mahalliy 40 yoshli fuqaro qarindoshlari bilan birga tashkil etgan. Ular tegishli litsenziya va ruxsatnomalarsiz diniy kitoblar chiqarishgan.
Opepativ tadbirlar davomida binodan 17,5 ming dona tayyor kitob, 500 kilogrammdan ortiq matbaa mahsulotlari uchun tayyorlamalar, shuningdek, kitoblarni chop etish va yelimlash uchun toʻrtta uskuna musodara qilindi. Bundan tashqari, u yerda 216 ming dona pirotexnika buyumi topildi.
Yana bir noqonuniy bosmaxona poytaxtning Yangihayot tumanida topildi. U yerdan noqonuniy ravishda chop etilgan 8,5 mingdan ortiq diniy adabiyot nusxalari musodara qilindi. Bino mahalliy fuqaroga tegishli boʻlgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda. Aloqador shaxslarning ehtimoliy javobgarligi haqidagi tafsilotlar ochiqlanmayapti.
Avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida huquq-tartibot xodimlari qalbaki kupyuralar tayyorlangan yashirin bosmaxonani aniqlagan edilar.

