Oʻzbekistonda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻishga onlayn-auktsionlar orqali ruxsat beriladi

Oʻzbekistonda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻishga onlayn-auktsionlar orqali ruxsat beriladi
Oʻzbekistonda dorivor, texnik va oziq-ovqat xomashyosi uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni tayyorlashning yangi tartibi joriy etildi. Endilikda tadbirkorlar ularni yigʻish huquqini elektron auktsionlar orqali qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi, hajmlar esa ekologik kvotalar bilan qatʼiy cheklanadi.
Savdolarda istalgan kishi ishtirok etishi mumkin, resurslarni taqsimlash esa ochiq va raqobat asosida amalga oshiriladi. Gʻoliblardan qoʻshimcha hujjatlar yigʻish talab etilmaydi — auktsion bayonnomasining oʻzi hech qanday qoʻshimcha yigʻimlarsiz ruxsatnoma berish uchun asos boʻladi.
Shu bilan birga, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni istalgan hajmda erkin yigʻish mumkin emas. Kvotalar har yili Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Ekologiya davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Bu tabiatning resurslarni tiklash qobiliyatini hisobga olish va noqonuniy yigʻishning oldini olish imkonini beradi.
Avvalroq Navoiy viloyatida yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini noqonuniy tayyorlash holati aniqlangan edi. Qonunbuzarlar 7,5 ming tup oʻsimlikka shikast yetkazgan, tabiatga yetkazilgan zarar esa 3 milliard soʻmdan ortiqroqqa baholangan edi.

