Oʻzbekistonda yoʻqolgan goʻdakni topishda yordam berganlik uchun mukofot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda yoʻqolgan bolani topishda yordam berganlik uchun mukofot eʼlon qilindi
Surxondaryo viloyatida 26 aprel kuni ota-onasi bilan Sariosiyo tumanida hordiq chiqarayotgan vaqtda gʻoyib boʻlgan ikki yoshli bola qidirilmoqda. Uni topishga yordam beradigan maʼlumotlar uchun 20 million soʻm miqdorida mukofot belgilangan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabariga koʻra, oila Sariosiyo tumanining "Sangardak" mahallasidagi dam olish maskaniga kelgan. Bolaning onasi Sitora Botirova buyumlarni olish uchun qisqa vaqtga avtomobil tomon ketgan, bola oxirgi marta daryo boʻyida koʻringan.
Zubayr Salimov 2024 yil 25 iyunda tugʻilgan va Termiz shahridagi "Yulduz" mahallasida ota-onasi bilan yashagan. Gʻoyib boʻlgan vaqtida u hali ikki yoshga toʻlmagan edi.
Bolaning qayerda ekanligi haqida biror bir maʼlumotga ega boʻlganlardan quyidagi telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlari soʻraladi: 112, 97-698-51-51, 91-583-48-48 yoki 94-514-11-15.
Bolani qidirishda yordam berganlik uchun 20 million soʻm miqdorida mukofot koʻzda tutilgan.
Avvalroq Toshkent viloyatida yoʻqolgan besh yoshli bolaning murdasi topilgan edi. U uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Qidiruv ishlari ikki kun davom etgan, shundan soʻng u "Yangi turmush" mahallasi hududidagi ariqdan oʻlik holda topilgan.

