Oʻzbekistonda Turkiya modeli asosida bolalar reabilitatsiya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda Turkiyaning Avrupa Medical Center namunasi asosida bolalar reabilitatsiya markazini tashkil etish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda. Bu gʻoya Milliy ijtimoiy himoya agentligi vakillari va markaz mutaxassislarining Istanbuldagi uchrashuvida muhokama qilindi.
Avrupa Medical Center 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va nogironligi hamda turli rivojlanish xususiyatlariga ega, jumladan, autizm spektri buzilishi, harakat funktsiyalari, nutq va kognitiv rivojlanish buzilishlari boʻlgan bolalarga yordam beradi. Markazning Istanbulda 13 ta filiali mavjud.
Turkiya modeliga koʻra, birlamchi tekshiruvdan soʻng bola uchun individual reabilitatsiya va oʻqitish dasturi tuziladi. Bu jarayonda fizioterapevtlar, logopedlar, psixologlar va pedagoglar ishtirok etadi, shuningdek, sensor integratsiya, nutq va jismoniy terapiya qoʻllaniladi. Tomonlar Oʻzbekistondagi boʻlajak loyihaning aniq parametrlarini keyingi muzokaralar davomida belgilab olishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, bir hafta ichida Rossiya va Qozogʻistonda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi.

