Mahalliy

O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida bolalar reabilitatsiya markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida bolalar reabilitatsiya markazi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Turkiyaning Avrupa Çocuk bolalar reabilitatsiya markazi vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekistonda bolalarni kompleks reabilitatsiya qilishning turk modeli asosida muassasa tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Agentlik vakillari 2010-yildan beri nogironligi bo‘lgan va rivojlanishida turli o‘ziga xosliklarga ega bolalarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan Avrupa Çocuk markazi faoliyati bilan tanishdi. Taxminan 3 ming kvadrat metr maydonga ega ushbu markaz oyiga 1,4 ming nafargacha bolaga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, Istanbulda uning 13 ta filiali faoliyat yuritadi.

Markaz autizm spektri buzilishlari, harakat funksiyalari, mayda motorika, nutq va kognitiv rivojlanishda qiyinchiliklari bor bolalar bilan ishlaydi. Turkiya modeliga ko‘ra, dastlabki tekshiruvdan keyin bolaning ehtiyojlari aniqlanadi va individual reabilitatsiya hamda ta’lim dasturi ishlab chiqiladi. Jarayonga fizioterapevt, logoped, psixolog va pedagoglar jalb etilib, bolaning rivojlanish dinamikasi muntazam baholab boriladi.

Tomonlar, shuningdek, ota-onalarni reabilitatsiya jarayoniga jalb etish va bolalarning yangi muhitga moslashuvi masalalarini ham muhokama qildi. Tashrif yakunida Turkiya tajribasi O‘zbekistonda bolalar reabilitatsiyasi tizimini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Kelajakdagi loyihaning aniq parametrlari keyingi hamkorlik doirasida aniqlanishi ko‘zda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.