Oʻzbekistonda tadbirkorlarga jarimaning yarmini toʻlashga ruxsat berildi
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalar boʻyicha yangi qoidalar amal qiladi. Biznes jarimaning yarmini bir oy ichida toʻlashi yoki olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashni rasmiylashtirishi mumkin. Bu Prezidentning 2026 yil 15 apreldagi PQ-138-sonli qarorida nazarda tutilgan. Agar tadbirkor belgilangan muddatda jarimaning yarmini toʻlasa, qolgan summani toʻlashga hojat qolmaydi. Boʻlib-boʻlib toʻlash uchun […]

Oʻzbekistonda tadbirkorlarga jarimaning yarmini toʻlashga ruxsat berildi
2026 yil 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalarga oid yangi qoidalar kuchga kiradi. Biznes jarimaning yarmini bir oy davomida toʻlashi yoki olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashni rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Bu Prezidentning 2026 yil 15 apreldagi PQ-138-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Agar tadbirkor jarimaning yarmini belgilangan muddatda toʻlashga ulgursa, qolgan qismini toʻlash talab etilmaydi. Boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun qaror olinganidan keyin bir oy davomida jarima summasining kamida oltdan bir qismini toʻlash kerak.
Noqonuniy undirilgan jarimalar ham qaytarilishi lozim. Agar sud undirish haqidagi qarorni bekor qilsa, tadbirkorga pullar va penya 15 kun ichida qaytariladi. Qaytarish kechiktirilgan taqdirda, toʻlanmagan summaga kechiktirilgan har bir kun uchun foizlar hisoblanadi.
2027 yil 1 yanvardan moliyaviy jarimalarning elektron reyestri ish boshlaydi. Undirish toʻgʻrisidagi qarorlar tizimga kiritilishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi kerak boʻladi. Agar ushbu talablar bajarilmasa, jarima undirilmaydi.

