Mahalliy

Biznes uchun jarimalar o‘rtacha 2 barobarga kamaytiriladi

“Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirkorlar uchun jarimalar o‘rtacha ikki barobarga qisqartiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga nisbatan qo‘llaniladigan barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha ikki barobarga kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ma’lum qildi.

Hozirgi kunda 51 ta idora moliyaviy jarimalar qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimalardan tushgan mablag‘larning bir qismi o‘zida qolishi "tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi" degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid ostiga olindi.

Prezidentning ta’kidlashicha, "Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak".

Shuningdek, davlat korxonalari tomonidan xarid qilingan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi.

Kelgusi yildan boshlab tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda "Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi" joriy etiladi. Unga ko‘ra, tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanilmaydi.

Bundan tashqari, "Birinchi xato uchun ogohlantirish" qoidasi ham joriy etiladi. Birinchi marta qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.

Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi.

Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.