Texnologiya

Oʻzbekistonda startap-loyihalarning «Demo-kuni» boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan startap-loyihalarni yirik ishlab chiqarish klasterlariga taqdim etishga qaratilgan «Demo-kun» tadbirini oʻtkazdi.

Oʻzbekistonda startap-loyihalarning «Demo-kuni» boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yirik ishlab chiqarish klasterlariga startap-loyihalar taqdimotiga bagʻishlangan «Demo-kuni» tadbirini tashkil etdi.

Tadbir «Oʻzbekiston startap ekotizimini rivojlantirish va yangi yaratilayotgan mexanizmlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, yirik klasterlarga startap-loyihalarni taqdim etish» mavzusiga bagʻishlandi.

«Demo-kuni»ning asosiy vazifasi mahalliy startap-kompaniyalar va yirik ishlab chiqarish klasterlari oʻrtasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarishga innovatsion gʻoyalarni joriy etish, shuningdek, istiqbolli loyihalarga investitsiyalarni jalb qilishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida 40 ga yaqin startap-loyiha mualliflari investorlar va yirik biznes vakillariga oʻzlarining innovatsion ishlanmalari va biznes-gʻoyalarini taqdim etdilar. Tadbirda jami 60 ga yaqin kishi, jumladan: investorlar; venchur fondlari vakillari; yirik ishlab chiqarish klasterlari rahbarlari; tadbirkorlar ishtirok etdi.

Taqdimotlar yakunlariga koʻra, investorlar va klasterlar vakillari istiqbolli loyihalar bilan atroflicha tanishib, ularni moliyalashtirish, ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

«Demo-kuni» startap-loyihalar mualliflari, investorlar va yirik ishlab chiqarish klasterlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot maydoniga aylandi.

Tadbir doirasida innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va istiqbolli startaplarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Umuman olganda, tadbir Oʻzbekiston startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni yirik biznes bilan bogʻlash, shuningdek, startap-tashabbuslarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy tashabbuslardan biri boʻldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.