Oʻzbekistonda Qoraqalpogʻistondan qoʻshimcha 6,5 ming abituriyentni qabul qilish natijalari eʼlon qilindi
Qoraqalpogʻistonlik 6 500 abituriyent uchun qoʻshimcha tanlov natijalari eʼlon qilindi. Ular davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish uchun daʼvogarlik qilishlari mumkin edi. Tanlovda Qoraqalpogʻistonda doimiy yashovchi va u yerdagi maktab, texnikum yoki boshqa taʼlim muassasasini tamomlagan abituriyentlar ishtirok etdi. Bunda ular kirish imtihonlarida kamida 56,7 ball toʻplagan boʻlishlari kerak edi, lekin […]

Oʻzbekistonda Qoraqalpogʻistondan boʻlgan 6,5 ming abituriyent uchun qoʻshimcha qabul natijalari eʼlon qilindi
Qoraqalpogʻistondan boʻlgan 6 500 nafar abituriyent uchun qoʻshimcha tanlov natijalari eʼlon qilindi. Ular davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish uchun daʼvogarlik qilishlari mumkin edi.
Tanlovda Qoraqalpogʻistonda doimiy yashovchi va u yerdagi maktab, texnikum yoki boshqa taʼlim muassasasini tamomlagan abituriyentlar ishtirok etdi. Bunda ular kirish imtihonlarida kamida 56,7 ball toʻplagan boʻlishi, biroq asosiy tanlovdan oʻta olmagan boʻlishi lozim edi.
Qoʻshimcha oʻrinlar abituriyentlar toʻplagan ballarni hisobga olgan holda taqsimlandi. Tegishli qaydnomalar qabulni rasmiylashtirish uchun oliy taʼlim muassasalariga yuboriladi.
Natijalarni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yoki mandat.uzbmb.uz saytida ID-raqam boʻyicha tekshirish mumkin.

