Mahalliy

Oʻzbekistonda «Pensiya» ilovasi ishga tushiriladi

Yangi ilova orqali fuqarolar pensiyaga oid davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishi, ish staji va daromadlarini tekshirishi, kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblashi va pensiya jamgʻarmalarini boshqarishi mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonda «Pensiya» ilovasi ishga tushiriladi

Oʻzbekistonda «Pensiya» ilovasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi direktori Murodbek Otajonov 25-sentabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

«Yangi «Pensiya» mobil ilovasini yaratish ustida ishlayapmiz. Ilovani oktabr oyida eʼlon qilamiz. Loyiha jamgʻarmaning IT bilan bogʻliq eng asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Fuqarolar oʻzi uchun ish beruvchi qancha ijtimoiy soliq toʻlaganini bilmaydi. Pensiya miqdori ham qancha boʻlishi haqida oldindan xabardor emas. «Pensiya» ilovamiz mana shu savollarga javob beradi. Pensiyaning jamgʻarib boriladigan qismidan yigʻiladigan mablagʻlarni investitsiya qilish imkoniyatlari ham yaratiladi», degan Murodbek Otajonov.

Avvalroq, amaldagi pensiya tizimini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyilgani xabar qilingandi.

Qaror loyihasida «Pensiya» mobil ilovasini yaratish ham ko‘zda tutilgandi. U orqali fuqarolar pensiyaga oid davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishi, ish staji va daromadlarini tekshirishi, kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblashi hamda pensiya jamgʻarmalarini boshqarishi mumkin boʻladi. Ilovani 2027-yil aprel oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu loyiha bilan 2028-yildan pensiya yoshini har yili 3 oyga oshirish taklif etilyapti. 2039-yilga kelib, u erkaklar uchun 63, ayollar uchun 58 yoshga yetkaziladi. Shuningdek, pensiya tayinlash uchun eng kam ish staji 2034-yilda 15 yilgacha oshirilishi koʻzda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.