Mahalliy

Oʻzbekistonda pedagoglar bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilgani uchun jarimaga tortiladi va ishdan chetlashtiriladi

Oʻzbekistonda pedagoglar bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilgani uchun jarimaga tortiladi va ishdan chetlashtiriladi

Oʻzbekistonda pedagoglar va tarbiyachilar tomonidan bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik ishlatganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bolalarni kamsitganlik, haqorat qilganlik va ularga nisbatan kuch ishlatganlik uchun endilikda jarima koʻzda tutilgan, javobgarlikka tortilgan pedagoglar esa bir yil muddatga bolalar bilan ishlashdan chetlashtiriladi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, tarbiyalash yoki oʻqitish jarayonida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jismoniy zoʻravonlik ishlatganlik, shuningdek, uni kamsitish va haqorat qilishni oʻz ichiga olgan tahqirlaganlik uchun BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha — 440 ming soʻmdan 2,2 million soʻmgacha jarima koʻzda tutilgan. Bu harakatlarda jinoyat tarkibi boʻlmagan holatlarga tegishlidir.

Shu bilan birga, jazo faqat jarima bilan cheklanib qolmaydi. Bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik qilgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan pedagoglar bir yil davomida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga qoʻyilmaydi.

Taqiq bolalar bogʻchalari, maktablar, kollejlar, texnikumlar va qoʻshimcha taʼlim muassasalarida ishlashga taalluqlidir.

Qonun aliment masalalariga ham daxl qildi. Bola toʻliq davlat taʼminotidagi muassasada boʻlsa ham, ota-onalar aliment toʻlashdan ozod etilmaydi, aliment miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi ishlar esa «Inson» markazlari ishtirokida koʻrib chiqiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.