Mahalliy

Oʻzbekistonda oliygoh bitiruvchilarning 83 foizi ish bilan band — tadqiqot

Oʻzbekistonda oliygoh bitiruvchilarining 83 foizi ish bilan band — tadqiqot

Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning 83 foizi ish bilan band. Bu haqda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi ishlab chiqqan “Bitiruvchilar sifati indeksi” (BSI) platformasida ma’lumot berildi.

Tahlil doirasida 170 ta oliy taʼlim tashkilotining 249 ming 432 nafar bitiruvchisining mehnat bozoridagi natijalari oʻrganilgan. Mazkur bitiruvchilarning 206 ming 951 nafari (83 foizi) ish bilan band ekani koʻrsatilgan.

Bitiruvchilarning 19 ming 314 nafari (7,7 foiz) taʼlimni davom ettirmoqda, yana 48 ming 125 nafari (19,3 foiz) bola parvarishlash taʼtiliga chiqqan.

“Taʼlimni davom ettirayotgan, harbiy xizmatni oʻtayotganlar, bola parvarishlash taʼtilida boʻlganlar, vafot etganlar va xorijiy fuqaro boʻlgan bitiruvchilar hisobga kiritilmagan”, deyiladi BSI saytida.

Oʻz navbatida bitiruvchilarning 41 ming 6 nafari ishsizligi, 1 ming 316 nafari (0,5 foiz) xorijliklar ekani, 159 nafari (0,1 foiz) vafot etgani koʻrsatilgan.

Avvalroq bitiruvchilarning oʻrtacha oyligi 4,9 million soʻmligi aytilgandi. Bunda hududlar kesimidagi eng yuqori qiymatdagi oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 6,6 million soʻm. Aniqlanishicha, respublika boʻyicha bitiruvchilarning ishga joylashishi uchun ketgan oʻrtacha muddat 3 oy 5 kunni tashkil etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.