Mahalliy

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan top 20 ta oliygoh ma’lum qilindi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan top 20 ta oliygoh e’lon qilindi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, top 20 talik oliygohlar ro‘yxati to‘rt toifa bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lib, ularning 11 tasi ijtimoiy-gumanitar, 5 tasi amaliy, 2 tasi tibbiyot hamda 2 tasi ijod va sport yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.

Yo‘nalishlar kesimida yetakchilik qilayotgan va eng yuqori ball to‘plagan ta’lim muassasalari quyidagilar:

Ijod (sport) fanlari: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (81,5 ball) va uning Nukus filiali (79,6 ball);

Ijtimoiy-gumanitar fanlar: Toshkent shahridagi Webster universiteti (76,3 ball), Osiyo xalqaro universiteti (73,4 ball) hamda Xalqaro Nordik universiteti (72,1 ball);

Amaliy fanlar: Toshkent shahridagi Inha universiteti (74,2 ball), Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti (72,4 ball) va Olmaliq davlat texnika instituti (69,1 ball);

Tibbiyot fanlari: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali (74,0 ball) hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (64,0 ball).

Umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ro‘yxatda eng yuqori natijani O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qayd etgan. Agentlikning ta’kidlashicha, mazkur indeks natijalari ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.

Avvalroq Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori bitiruvchilarning o‘rtacha oyligi 4,9 million so‘m ekanini xabar qilingandi. Talabalar o‘qishni bitirgandan keyin respublika bo‘yicha o‘rtacha ishga joylashish tezligi 2 oy 27 kun bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.