Mahalliy

Oʻzbekistonda magistratura amaliy va ilmiy-pedagogik yoʻnalishlarga ajratiladi

Oʻzbekistonda magistratura amaliy va ilmiy-pedagogik yoʻnalishlarga ajratiladi

Joriy oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistonda magistratura ikki yoʻnalishga ajratiladi. Ishlab chiqarish yoki amaliy dastur boʻyicha oʻqish kamida bir yil, ilmiy-pedagogik dastur boʻyicha esa kamida ikki yil davom etadi.

Yangi tartib hukumatning 500-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Magistraturada muayyan mutaxassislik dasturiga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklda tahsil olish mumkin boʻladi. Amaliy yoʻnalish bitiruvchilari dissertatsiya oʻrniga loyiha yoki konstruktorlik ishi, startap, ratsionalizatorlik gʻoyasi, amaliy ijodiy asar yoki yakuniy ishning boshqa turini himoya qilishlari mumkin.

Ilmiy-pedagogik yoʻnalish bitiruvchilari uchun magistrlik dissertatsiyasi saqlanib qoladi. Dastlabki himoyagacha u plagiatga tekshiriladi, shuningdek, "yashirin ekspert taqrizi"ga yuboriladi. Jurnallarda maqola chop etgan talabalar ragʻbatlantiriladi.

Yangi qoidalar Sudyalar oliy maktabi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.