Oʻzbekistonda joriy haftada iliq ob-havo saqlanib qoladi
Ish haftasi davomida Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli va yogʻingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Ayrim togʻli hududlarda hamda 24−25 sentyabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli kuchsiz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi harorat +27…+32, janubda esa +35…+37 darajani tashkil etadi.

Oʻzbekistonda shu haftada iliq ob-havo saqlanib qoladi
Joriy ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida kam bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan bulutli, yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida, shuningdek, 24−25 sentyabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli kuchsiz yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati kechasi +13…+18 daraja, kunduzi +27…+32 daraja, janubda +35…+37 darajagacha atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda kam bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan bulutli ob-havo kutilmoqda, yogʻingarchilik boʻlmaydi.
Harorat kechasi +15…+18 daraja, kunduzi +29…+32 daraja, 25 sentyabrda esa +27…+29 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

