Mahalliy

Oʻzbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya olish daromad chegarasi oshirildi

Elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya tayinlashdagi daromad chegarasi bir kishiga toʻgʻri keladigan minimal isteʼmol xarajatlarining ikki baravari miqdorigacha oshirildi. Shuningdek, kompensatsiyalarni toʻlash muddati 2028 yil 1 aprelgacha, koʻmir sotib olish uchun moddiy yordam koʻrsatish muddati esa 2029 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Oʻzbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya olish daromad chegarasi oshirildi

Oʻzbekistonda yoqilgʻi-energetika sohasida bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtish doirasida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari kengaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Oilalarning muhtojligini baholashda bir kishiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadning ruxsat etilgan darajasi oshiriladi.

Xususan:

elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uchun kompensatsiya tayinlashda daromad chegarasi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 baravaridan 2 baravarigacha (1,072 mln soʻmdan 1,43 mln soʻmgacha) oshirildi;

koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam koʻrsatishda — minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 2 baravarigacha (715 ming soʻmdan 1,43 mln soʻmgacha);

«Sahovat va koʻmak» jamgʻarmasi hisobidan kommunal xarajatlarni qoplash, kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni uzish, shuningdek, koʻmir yoki boshqa turdagi yoqilgʻi bilan taʼminlash xarajatlarini kompensatsiya qilishda — minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 2 baravarigacha (715 ming soʻmdan 1,43 mln soʻmgacha).

Bundan tashqari, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolining bazaviy meʼyori doirasidagi tariflar hamda bazaviy meʼyordan ortiqcha isteʼmol uchun belgilangan tariflar oʻrtasidagi farqni kompensatsiya qilish muddati 2028 yil 1 aprelgacha uzaytirildi.

Koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam toʻlash muddati ham 2029 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Avvalroq Oʻzbekistonda ayrim muhtoj oilalarga 1 mln soʻmdan toʻlab berilishi haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.