Mahalliy

Oʻzbekistonda dori vositalarini belgilangan narxlardan yuqori narxlarda sotish holatlari aniqlandi

Oʻzbekistonda dori vositalarini belgilangan narxlardan bir necha barobar yuqori narxlarda sotish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi. Ayrim holatlarda farq deyarli olti barobarga yetgan. Qonunbuzarliklar «sirli xaridor» tadbirlari davomida aniqlandi.

Oʻzbekistonda dori vositalarini belgilangan narxlardan yuqori narxlarda sotish holatlari qayd etildi

«SHUNQORLAR» MCHJ dorixonasida «POLIMIK® blisteri №10 (1x10)» preparati belgilangan 12 837,18 soʻm oʻrniga 70 000 soʻmdan, yaʼni belgilangan qiymatidan 5,5 baravar qimmat sotilgan. «KONVULEKS® Kapli dlya priyema vnutr 300 mg/ml» preparati belgilangan 66 481 soʻm oʻrniga 395 000 soʻmdan — belgilangan qiymatidan deyarli olti baravar yuqori narxda realizatsiya qilingan.

Qoraqamish 2/5 massividagi «MUNO FARM» MCHJ dorixonasida «STIMULOTON Tabletki, pokritiye obolochkoy 50 mg, blisteri №30 (3x10)» preparati belgilangan 50 666,17 soʻm oʻrniga 295 000 soʻmdan taklif etilgan — bu ham deyarli olti baravar qimmat demakdir.

«CITY FARM» MCHJ dorixonalarida «BAKTAMED 3,5 ml ampuli» preparati belgilangan 18 849,43 soʻm oʻrniga 63 000 soʻmdan — 3,3 baravar yuqori narxda sotilgan. Bundan tashqari, «NO-SHPA® 40 mg/2 ml ampuli №25» preparatining belgilangan narxdan yuqori sotilishi aniqlangan.

«HOSIL FARM» MCHJ dorixonasida «Lantus® SOLOSTAR® 100 YED/ml 3 ml №5 (1x5)» preparati 190 000 soʻmdan sotilgan. Vaholanki, 20 foizlik ustamani hisobga olgan holda belgilangan narx 115 173,3 soʻmni tashkil etgan. «SLIDERON Tabletki 16, blisteri №20 (2x10)» preparati belgilangan 115 677,1 soʻm oʻrniga 349 000 soʻmdan — taxminan uch baravar qimmat sotilgan.

«AMIR FARM TRADE» MCHJ dorixonasida «BAKTAMED 0,5% 3,5 ml ampuli» belgilangan 18 849,43 soʻm oʻrniga 32 000 soʻmdan sotilgan. Shu tariqa, ustama ruxsat etilgan 20% oʻrniga 100% ni tashkil etgan.

«FERUZA NUR MED» MCHJ dorixonasida «POLIMIK® blisteri №10 (1x10)» belgilangan 12 837,18 soʻm oʻrniga 62 000 soʻmdan — deyarli besh baravar qimmat sotilgan.

«NO-SHPA® 40 mg/2 ml ampuli №25» preparatining belgilangan narxdan yuqori sotilishi «LEADER PHARMGROUP» XK, «PHARM S GOLDEN» MCHJ va «RUSLAN BUYUK FARM» MCHJ dorixonalarida ham aniqlangan.

Aniqlangan faktlar boʻyicha idora tomonidan belgilangan tartibda tegishli koʻrsatmalar berildi. Bundan tashqari, litsenziya talablariga rioya etilishi qismini koʻrib chiqish uchun vakolatli organga soʻrovnoma yuborildi.

Qoʻmita dori vositalarining belgilangan narxlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida «sirli xaridor» tadbirlarini tizimli ravishda oʻtkazishda davom etishini maʼlum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.