Oʻzbekistonda 628 ta yonilgʻi quyish shaxobchasi aholi yashash uylarigacha boʻlgan xavfsiz masofa talablariga javob bermaydi
Oʻzbekistonda xavfli yuklarni tushirish joylari va turar joy binolari oʻrtasidagi masofa meʼyoriga rioya qilinmagan 628 ta yonilgʻi quyish shaxobchasi aniqlandi. Deputatlar qonun loyihasidan yonilgʻining har bir yetkazib berilishida jarimaga tortishga olib kelishi mumkin boʻlgan alohida sanktsiyani chiqarib tashlashdi. Shu bilan birga, boshqa normalar boʻyicha jazo saqlanib qoladi.

Oʻzbekistonda 628 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi aholi yashash joylarigacha boʻlgan xavfsiz masofa talablariga javob bermaydi
Oʻzbekistonda xavfli yuklarni tushirish joylari va aholi yashash uylari oʻrtasidagi kamida 125 metrlik minimal masofa normasiga mos kelmaydigan 628 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi aniqlandi. Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida deputatlar korruptsiya xavfi va yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyati toʻxtatib qoʻyilishi ehtimolini koʻrsatib, ushbu talabni buzganlik uchun alohida sanktsiyani olib tashlashdi.
Parlamentariylar ikkinchi oʻqishda avvalroq, 13 oktyabr kuni birinchi oʻqishda maʼqullangan sanoat xavfsizligi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi.
Zayniyevning maʼlum qilishicha, ikkinchi oʻqishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida loyihadan xavfli yuklarni ortish va tushirishda xavfsiz masofaga rioya qilmaganlik uchun alohida maʼmuriy javobgarlikni joriy etuvchi norma chiqarib tashlandi.
«Ushbu norma yetarlicha aniq emas edi: gap aynan qanday masofalar haqida ketayotgani va kim javobgar boʻlishi kerakligiga aniqlik kiritilmagan edi», — deb tushuntirdi deputat.
U Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi 35-son qaroriga asosan xavfli yuklarni ortish, tushirish va qayta ortish joylari aholi yashash binolaridan kamida 125 metr uzoqlikda joylashishi kerakligini eslatib oʻtdi. «Biroq amaliyotda ushbu talabga javob bermaydigan 628 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi aniqlandi», — dedi Zayniyev.
Uning soʻzlariga koʻra, taklif etilgan normaning saqlanib qolishi bunday obʼyektlarga har safar yoqilgʻi yetkazib berilganda jarima solinishiga olib kelishi mumkin edi.
«Agar ushbu norma saqlab qolinsa, avtotsisternadan yoqilgʻi toʻkilganda yoqilgʻi quyish shoxobchalari har safar jarimaga tortilishi mumkin. Bu korruptsiya xavfini tugʻdiradi va shoxobchalar faoliyatining toʻxtatilishiga olib kelishi mumkin», — dedi deputat.
Zayniyev alohida qoidaning chiqarib tashlanishi xavfsizlik talablarini buzganlik uchun javobgarlikdan voz kechishni anglatmasligini taʼkidladi.
«Bunda xavfsiz masofa talablarini buzish jazosiz qolmaydi. Bunday holatlar xavfli yuklarni ortish va tushirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy norma bilan qamrab olinadi. Javobgarlik avtomatik ravishda emas, balki amaldagi holatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi», — dedi u.
Mijilisda 628 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi qaysi hududlarda joylashgani, ular yoqilgʻining qaysi turlarini sotishi, ulardan qanchasi ishlashda davom etayotgani va qoidabuzarliklar qachon aniqlanganiga aniqlik kiritilmadi.
Magistral yoʻllargacha boʻlgan minimal masofa 50 metrni tashkil etadi. Ortish yoki tushirishni kutayotgan avtomobillar tegishli maydonchalardan kamida 25 metr uzoqlikda boʻlishi kerak.
Bunda normativ aynan xavfli yuklar bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkaziladigan joylarga tegishli.
Farhod Zayniyev, shuningdek, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan yoqilgʻi quyish shoxobchalarini bosqichma-bosqich koʻchirish hukumatning alohida qarorida nazarda tutilganini maʼlum qildi.
Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 1 sentyabrga qadar odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan yoki jamoat, yongʻin, sanoat, ekologik xavfsizlik talablariga hamda shaharsozlik normalariga mos kelmaydigan yoqilgʻi quyish shoxobchalari reyestrini shakllantirish topshirildi.
Ushbu roʻyxat asosida hokimiyat organlari bunday obʼyektlarni xavfsiz hududlarga bosqichma-bosqich koʻchirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak.
Qarorda, shuningdek, yoqilgʻi quyish shoxobchasi koʻchirilganda oldingi yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar tadbirkorda saqlanib qolishi nazarda tutilgan. Xavfsiz joylarga koʻchirilgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) uchun istisno tariqasida gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish imkoniyati koʻzda tutilgan.
Tegishli chora-tadbirlarni moliyalashtirish keyingi yillarda hududlarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilishi topshirildi.
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurati avvalroq umummilliy xatlov natijalari bilan tushuntirilgan edi.
Hukumatning 18 iyundagi qaroriga muvofiq, tekshirishlar bilan 6196 ta obʼyekt, jumladan, benzin, dizel yoqilgʻisi, suyuqlashtirilgan va siqilgan gaz sotish shoxobchalari, shuningdek, maishiy gaz ballonlarini toʻldirish obʼyektlari qamrab olindi.
Jami 46 737 ta qoidabuzarlik va kamchiliklar aniqlandi, shu jumladan:
Tekshirishlar davomida 7166 ta kamchilik joyida bartaraf etildi, 464 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi faoliyati esa vaqtincha toʻxtatildi.
Oʻsha qarorga koʻra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab hokimiyat organlari, agar belgilangan xizmat muddati tugagan boʻlsa yoki ishlab chiqarilgan sanasi nomaʼlum boʻlsa, yuqori bosim ostida ishlaydigan uskunalardan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklashni boshlashi kerak. Ushbu choralarni amalga oshirishni 2030 yil 1 yanvarga qadar yakunlash nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, 2027 yil 1 yanvardan boshlab zarur sertifikat va ruxsatnomalarga ega mutaxassislarsiz xavfli ishlab chiqarish obʼyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi yoqilgʻi quyish shoxobchalari ishini toʻxtatish koʻzda tutilgan. Qoidabuzarliklar bartaraf etilgach, faoliyat belgilangan tartibda avtomatik ravishda qayta tiklanishi kerak.
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari xavfsizligi mavzusi yirik noxush hodisalardan soʻng bir necha bor kun tartibiga chiqdi.
Xususan, 2025 yil 16 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanidagi gaz toʻldirish shoxobchasida portlash va yongʻin yuz berdi.
Avvaliga Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrt kishi halok boʻlganini maʼlum qilgan edi. Keyinchalik, 2026 yil 13 oktyabr kuni adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Mahmud Istamov sud hujjatlariga tayanib, fojia oqibatida 9 kishi halok boʻlgani va yana 20 kishi jarohat olganini maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, OAVdagi hodisa haqidagi materiallarda xavfsiz masofalarga rioya qilinmagani, zarur himoya uskunalari yoʻqligi va texnik tekshiruvlar oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi hujjatlar soxtalashtirilgan boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan.
Bunday hodisalarning oldini olish uchun sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasida odamlarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishiga olib kelgan qoidabuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik, maʼmuriy jarimalarni oshirish va bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun ekspertlarning alohida javobgarligi nazarda tutilgan.
Hujjatni ikkinchi oʻqishga tayyorlashda, shuningdek, agar qoidabuzarlik sogʻliqqa oʻrtacha ogʻirlikdagi yoki ogʻir zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashilgan, aybga iqror boʻlingan va zarar qoplangan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkoniyati koʻzda tutildi. Odamlar halok boʻlgan holatlarda bunday imkoniyat nazarda tutilmaydi.
20 oktyabr kuni Qonunchilik palatasi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda maʼqulladi.

