Mahalliy

Oʻzbekistonda 25–40 kilogrammlik qovoqlar yetishtirildi

Oʻzbekistonda Italiyadan olib kelingan gigant qovoq navlari 150 gektar maydonda tajriba tariqasida yetishtirilmoqda. Ayni paytda qovoq mevalarining vazni 25–40 kilogrammga yetgan, mavsum yakunida esa jami 7,5 ming tonna hosil olish kutilmoqda.

Oʻzbekistonda 25–40 kilogrammlik qovoqlar yetishtirildi

Joriy yilda Italiyadan Big Max, Atlantic Giant va Mammoth Gold navlariga mansub jami 600 kilogramm qovoq urugʻi Oʻzbekistonga olib kelindi.

Urugʻlar respublikaning barcha hududlaridagi tajriba stansiyalarida jami 150 gektar maydonga ekildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu navlardan har gektar maydon hisobiga oʻrtacha 500 sentner yoki 50 tonnadan hosil olish kutilmoqda. Umumiy hosil hajmi esa 7,5 ming tonna boʻlishi prognoz qilingan.

Ayni paytda tajriba maydonlarida yetishtirilayotgan qovoqlarning har biri 25 kilogrammdan 40 kilogrammgacha vazn toʻplagan.

Shu bilan birga, fermerlarga gigant qovoq navlarini yetishtirish texnologiyalarini oʻrgatish ishlari ham olib borilmoqda.

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida olim ishtirokida 312 ta fermer xoʻjaligi rahbari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Unda fermerlarga gigant qovoq navlarini yetishtirish agrotexnologiyalari boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Bunday oʻquv-amaliy seminarlarni Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham davom ettirish rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.