Oʻzbekistonda 2026 yilda 200 km yoʻlni qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilmoqda
Oʻzbekistonda 2026 yilda 200 km avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun 15 ta loyiha doirasida $442 mln oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan. Bu haqda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva brifingda maʼlum qildi. 15 ta loyihadan 13 tasi xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladi. Yana ikkita loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. […]

Oʻzbekistonda 2026 yilda 200 km avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadlar uchun 15 ta loyiha doirasida 442 mln dollarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda brifingda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlum qildi.
15 ta loyihadan 13 tasi xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladi. Yana ikkita loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida bajariladi.
Yanvar–sentyabr oylarida toʻqqizta loyiha doirasida 110 km yoʻl rekonstruktsiya qilindi. Bajarilgan ishlar hajmi 214,3 mln dollarni tashkil etdi. Ushbu davr uchun reja 101 foizga bajarildi.
Ishlar bir nechta yirik trassalarda olib borilmoqda. Ular orasida Surxondaryo viloyatidagi 4R105 va 4R100, Qoraqalpogʻiston va Buxoro viloyatidagi A380, shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi M39 yoʻllari bor.
Bundan tashqari, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistondagi ichki yoʻllarga tsement-beton qoplama yotqizish va trassalarni taʼmirlash boʻyicha tenderlar eʼlon qilindi. shuningdek, A373 yoʻlining dastlabki 37 km qismini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Toʻrtta loyiha boʻyicha qurilish ishlari boshlab yuborildi.

