Oʻzbekistonda 10 yoshdan katta aholining 97 foizi internetdan foydalanadi
Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi 2021-yilda 76,6 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2026-yilning dastlabki 8 oyida 97,3 foizgacha oshgan.

Oʻzbekistonda 10 yoshdan katta aholining 97 foizi internetdan foydalanadi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi 97,3 foizga yetdi, deya xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 20,7 foiz punktga oshgan.
10 yosh va undan katta aholining internetdan foydalanish darajasi so‘nggi yillarda quyidagicha o‘zgargan:
2021-yil — 76,6 foiz;
2022-yil — 83,9 foiz;
2023-yil — 89 foiz;
2024-yil — 93,3 foiz;
2025-yil — 94,6 foiz;
2026-yil (yanvar-avgust) — 97,3 foiz.

