Mahalliy

Oʻzbekiston yana isiydi: harorat +38° gacha koʻtariladi

Oʻzbekistonda 10 sentyabr kuni asosan quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Mamlakatning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzgidromet. Toshkentda kam bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan ob-havo kutiladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 18–20 darajani tashkil etadi, kunduzi havo 35–37 darajagacha isiydi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida oʻzgaruvchan ob-havo prognoz qilinmoqda, baʼzi joylarda […]

Oʻzbekistonni yana issiqlik qamrab oladi: harorat +38° gacha koʻtariladi

10 sentyabr kuni Oʻzbekistonda hamon asosan quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Faqat mamlakatning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Toshkentda kam bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan ob-havo boʻlishi, yogʻingarchilik kuzatilmasligi prognoz qilinmoqda. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 18–20 darajani tashkil etadi, kunduzi havo 35–37 darajagacha isiydi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida oʻzgaruvchan ob-havo kutilmoqda, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Kechasi 11–16 daraja, kunduzi 25–30 daraja boʻladi. Sharqiy shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham oʻzgaruvchan ob-havo va baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi prognoz qilinmoqda. Shamol 7–12 m/s gacha, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzi harorat 32–37 darajagacha koʻtariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 15–20 daraja, kunduzi 32–37 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 33–38 darajagacha isiydi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida kam bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan ob-havo kutiladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kunduzi harorat 32–37 darajani tashkil etadi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik prognoz qilinmayapti. Kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.