Mahalliy

O‘zbekistonda bugun ham quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi

Harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda bugun ham quruq va jazirama ob-havo hukm suradi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, mamlakat janubida va cho‘l hududlarida esa 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 40-42 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.