Texnologiya

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni raqamli tibbiyotni rivojlantirmoqda

Mamlakatimizda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya Yagona integrator – “Uzinfocom”da bo‘lib, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.  

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni raqamli tibbiyot sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) —

Saudiya Arabistoni Podshohligi Sogʻliqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrifi doirasida “Uzinfocom” yagona integratori faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yechimlarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi ishlar koʻrib chiqildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, SEHA Virtual Hospital, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzinfocom” hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida Xalqaro koʻp tarmoqli virtual kardiologiya komissiyasi ishga tushirildi.

Ushbu tashabbus ikki davlat oʻrtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, murakkab klinik holatlarni yetakchi mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida masofadan muhokama qilish hamda bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida mazkur komissiyaning ilk yigʻilishi ham boʻlib oʻtdi. Unda raqamli texnologiyalar orqali kardiologik kasalliklarni tashxislash va davolashga oid murakkab klinik holatlar yetakchi ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar raqamli sogʻliqni saqlash sohasidagi tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.