Texnologiya

Oʻzbekiston va Malayziya yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili ishtirokida mamlakatning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — "Dagang NeXchange Berhad" rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston va Malayziya yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Oʻzbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili "Dagang NeXchange Berhad" (DNeX) kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda yarimoʻtkazgichlar ekotizimini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va almashish, shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida "DNeX"ning yarimoʻtkazgichlar sanoatidagi salohiyati va ilgʻor tajribasiga alohida eʼtibor qaratildi. "DNeX" raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya xizmatlari, energetika va yarimoʻtkazgichlar yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi Malayziyaning yirik texnologik guruhlaridan biridir. 2021-yilda "DNeX" mamlakatning yetakchi yarimoʻtkazgich ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan "SilTerra Malaysia Sdn. Bhd."ning 60 foiz ulushini sotib olgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekistonda zamonaviy yarimoʻtkazgichlar ekotizimini shakllantirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi oʻzaro manfaatdorligini tasdiqladilar.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, yuqori texnologiyalar va innovatsion sanoat yoʻnalishlarida yangi sheriklik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tomonlar Oʻzbekistonda zamonaviy yarimoʻtkazgichlar ekotizimini rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish borasida oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.