Mahalliy

Oʻzbekiston va Germaniya xomashyo sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Germaniya sanoat kooperatsiyasi, strategik minerallarni oʻzlashtirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Germaniya xomashyo sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

9 sentyabr kuni Oʻzbekiston togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islomov Mangold Consulting GmbH raisi Klaus Mangold boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda vazirlikning masʼul xodimlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati vakillari korxona faoliyati, uning hozirgi ishlab chiqarish imkoniyatlari, shuningdek, strategik mineral resurslarni oʻzlashtirish va qayta ishlash borasidagi ishlar haqida taqdimot oʻtkazdilar.

Shundan soʻng, Mercedes-Benz AG vakillari «Oʻzbekiston-Germaniya xomashyo muloqoti» mavzusida maʼruza taqdim etdilar. Uchrashuv ishtirokchilari sanoat hamkorligi istiqbollari, Oʻzbekistonning mineral-xomashyo salohiyati va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Tomonlar oʻrtasidagi texnologik va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha togʻ-kon sanoati va strategik xomashyo resurslari sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Tomonlar, shuningdek, istiqbolli yoʻnalishlarni birgalikda oʻrganish va muloqotni davom ettirishga qaror qildilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.