Oʻzbekiston va AQSh $12 mlrdlik 54 ta bitim imzoladi
Oʻzbekiston va AQSh 12 milliard dollarlik bitimlarni imzoladi. GE Aerospace Uzbekistan Airways’ning yangi samolyotlari uchun dvigatellar yetkazib beradi, Wabtec temir yoʻl texnikasini mahalliylashtirishga yordam beradi, Franklin Templeton, Oppenheimer & Co., Citigroup va BlackRock esa mahalliy kompaniyalarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishiga koʻmaklashadi.

Oʻzbekiston va AQSh 12 mlrd dollarlik 54 ta shartnoma tuzdi
Amerika delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida savdo, investitsiyalar va texnologik hamkorlik sohalarida 54 ta kelishuvdan iborat paket imzolandi. Ularni amalga oshirish 12 milliard dollarni oʻzlashtirishni nazarda tutadi, deb xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Kelishuvlar sanoat, transport va energetika infratuzilmasi, muhim minerallar, moliya sektori, raqamli texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarini qamrab oladi.
Transport sohasida GE Aerospace bilan hamkorlik Uzbekistan Airways’ning yangi samolyotlari uchun dvigatellar yetkazib berishni nazarda tutadi. Wabtec bilan loyihalar temir yoʻl texnikasi va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan.
Franklin Templeton, Oppenheimer & Co., Citigroup va BlackRock bilan kelishuvlar milliy kompaniyalarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi, institutsional investorlarni jalb qilish va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga tegishli.
Kon-cherchilik sohasida ReElement Technologies, Traxys va Trafigura bilan tuzilgan bitimlar konlarni oʻrganish va oʻzlashtirish, texnologik hamkorlik hamda mineral resurslarni yetkazib berish, shu jumladan Oʻzbekistonning muhim minerallar sohasidagi kompetentsiyalarini rivojlantirish bilan bogʻliq.
Amazon Leo bilan tashabbuslar sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni, GE HealthCare bilan — zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini joriy etishni, Valmont Industries bilan — qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.
ISSV maʼlumotlariga koʻra, biznes dasturida 400 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi: 100 dan ortiq Amerika, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan 100 ta va Oʻzbekistonning 200 ta korxonasi.

