Sport

Oʻzbekiston U-23 Osiyo oʻyinlari yarim finalida Yaponiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi

Oʻzbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi Osiyo oʻyinlarining futbol turniri finaliga chiqa olmadi. Yarim finalda jamoa asosiy va qoʻshimcha vaqtdagi 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida Yaponiyaga 8:9 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Oʻzbekiston U-23 Osiyo oʻyinlari yarim finalida Yaponiyaga penaltilar seriyasida yutqazdi

Oʻzbekiston uchrashuvning 8-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Sardorbek Bahromov chap qanotdan uzatilgan toʻpni qabul qilib, Yaponiya terma jamoasi darvozasiga yoʻlladi.

Yaponlar faqat 88-daqiqaga kelibgina hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi. Sena Ishibashi gol urib, uchrashuvni qoʻshimcha vaqtga olib oʻtdi.

Asosiy vaqtning qolgan qismida va overtaymning ikki boʻlimida jamoalar boshqa gol ura olishmadi. Qarama-qarshilik taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻldi.

Futbol lotereyasida Yaponiya terma jamoasi aniqroq harakat qilib, 9:8 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa, Yaponiya jamoasi finalga yoʻl oldi va u yerda Janubiy Koreya bilan toʻqnash keladi. Janubiy koreyaliklar ikkinchi yarim finalda Xitoyni 2:1 hisobida magʻlub etishgandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi endi bronza medallari uchun kurashadi. Uning raqibi Xitoy boʻladi.

Final uchrashuvi va uchinchi oʻrin uchun oʻyin 3 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.