Mahalliy

Oʻzbekiston Tokioniң Sibuya chorrahasida oʻz sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda

Oʻzbekiston Tokioning Sibuya chorrahasida oʻz sayyohlik jozibadorligini namoyish etdi

Yaponiyada tashkil etilgan Mustaqillik haftaligi tadbirlari doirasida Tokiodagi Sibuya chorrahasidagi yirik tashqi reklama ekranida namoyish etilgan targʻibot videoroliklari orqali Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati taqdim etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Ushbu kampaniya Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilib, undan koʻzlangan maqsad Yaponiya poytaxti aholisi va mehmonlariga mamlakatning sayyohlik yoʻnalishlari, madaniy merosi va rivojlanishi haqida maʼlumot berishdan iborat edi. Targʻibot materiallarida Oʻzbekistonning tarixiy va madaniy merosi, qadimiy shaharlari, zamonaviy shahar hududlari, meʼmoriy obidalari va diqqatga sazovor joylari yoritildi. Videoroliklarda, shuningdek, mamlakat boʻylab sayohat qilish va hordiq chiqarish imkoniyatlari ham taqdim etildi.

Targʻibot tadbirlari doirasida Oʻzbekistondagi soʻnggi islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish haqidagi maʼlumotlar ham oʻrin oldi. Sayyohlik targʻiboti Sibuya chorrahasidagi raqamli ekran bilangina cheklanib qolmadi. Yaponiyada yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari, yaponiyalik ishtirokchilar va Oʻzbekistonning madaniyat boʻyicha faxriy elchisi Mashu Komazaki ishtirokida fleshmob oʻtkazildi.

Ushbu tadbir Yaponiya jamoatchiligiga Oʻzbekistonning madaniy merosi, sayyohlik resurslari va bugungi rivojlanishini taqdim etish uchun yana bir platforma boʻldi.

9 sentyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston–Yaponiya va Yaponiya–Oʻzbekiston qoʻmitalarining 18-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unga Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qoʻdratov hamda Yaponiya–Oʻzbekiston qoʻmitasi raisi, «Mitsubishi Corporation» prezidentining katta korporativ maslahatchisi Masayuki Tanimoto hamraislik qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.