OʻZBEKISTON TERMA JAMOASI TAILANDDAGI APMC 2026 TURNIRIDA ISHTIROK ETADI
PMC (Asia-Pacific Motorsport Championship) — Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) shafeligida oʻtkaziladigan avtosport boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasi chempionatidir. 13 nafar sportchi avtosport boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasi chempionati — Asia-Pacific Motorsport Championship (APMC) 2026 ning beshta distsiplinasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Musobaqalar 23–25 oktyabr kunlari Tailandning Pattayya shahridagi Bira Circuit avtodromida boʻlib oʻtadi. Chempionat tashkilotchisi Tailand Qirollik avtomobil assotsiatsiyasi (RAAT) hisoblanadi. Dastur […]

**Oʻzbekiston terma jamoasi Tailanddagi APMC 2026 musobaqasida ishtirok etadi**
13 nafar sportchi Tailandning Pattayya shahridagi Bira Circuit avtodromida 23–25 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan Avtosport boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasi chempionatida — Asia-Pacific Motorsport Championship (APMC) 2026 beshta distsiplinada Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Chempionat tashkilotchisi Tailand Qirollik avtomobil assotsiatsiyasi (RAAT) hisoblanadi. Musobaqa dasturidan oltita distsiplina oʻrin olgan. Oʻzbekiston terma jamoasi ularning beshtasida: karting-slalom (Karting Slalom), chidamlilik boʻyicha karting (Karting Endurance), avtomobil djimxanasi (Auto Gymkhana), avtokross (Autocross) va kiberavtosportda (E-Sports) ishtirok etadi.
**Картинг-слалом (Karting Slalom):**
Kadetlar — Alixan Baxranov.
Yuniorlar — Anvar Maxmudov va Arseniy Glova.
Kattalar kategoriyasi — Kamoliddin Najmiddinov va Samina Axmadjonova.
**Chidamlilik boʻyicha karting (Karting Endurance):** Li Sen Man va Jamoliddin Najmiddinov.
**Avtomobil djimxanasi (Auto Gymkhana):** Sabina Yusupova, Olim Axmadjanov, Otabek Madaliyev va Dilshod Yusupov.
**Avtokross (Autocross):** Farrux Urunov.
**Kiberavtosport (E-Sports):** Artur Karaulov.
Oʻzbekiston terma jamoasi uchun bu APMCdagi uchinchi ishtirok boʻladi. 2023 yilda Malayziyaning Sepang International Circuit avtodromida oʻtkazilgan birinchi chempionatda Yasmina Egamberdiyeva Karting Slalom Cup distsiplinasida mamlakatga birinchi kumush medialni olib kelgan edi.
2025 yilda Shri-Lankadagi SpeedBay Circuit trassasida jamoa medal jamgʻarmasiga ikkita bronza mukofotini qoʻshdi. Juftlik kategoriyasida Li Sen Man va Amir Xamrayev Karting Endurance musobaqasida, shuningdek Vladislav Kim Karting Slalom (Cadet) distsiplinasida sovrindor boʻlishdi.
APMC mintaqa mamlakatlari sportchilarini birlashtiradi, avtosportni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi.

