Sport

Osiyo o‘yinlari-2026. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy bilan durang o‘ynadi

**Osiyo o‘yinlari-2026. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy bilan durang o‘ynadi**

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichining ikkinchi turida Xitoyga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

O‘zbekiston safidagi golga 41-daqiqada Xolida Dadaboyeva mualliflik qildi. 70-daqiqada esa Jan Linyang xitoyliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining ikkinchi turida ham durangga imzo chekdi. Kotrina Kulbite jamoasi “G” guruhining ilk turida Filippinga qarshi o‘ynab, uchrashuvni 1:1 hisobida yakunlagan edi. Jamoa 21-sentyabr kuni Gongkong bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Xitoy ayollar terma jamoasi 2023-yil Xanchjou mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida 3-o‘rinni egallagan va bronza medali uchun kechgan bahsda O‘zbekistonni 7:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Guruh bosqichida esa xitoyliklar Midori Honda boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgan.

2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida 12 ta ayollar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Ular uchta guruhga bo‘lingan holda bellashadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi natija qayd etgan ikki nafar uchinchi o‘rin sohibi chorak finalga yo‘l oladi.

**Osiyo o‘yinlari-2026, 2-tur**

**Xitoy 1:1 Oʻzbekiston**

**Gollar:** 0:1 — Dadaboyeva (41), 1:1 — Linyang (70)

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.