Iqtisodiyot

Oʻzbekiston shakar importini sakkiz oyda 2,5 baravarga oshirdi

Oʻzbekiston sakkiz oyda shakar importini 2,5 baravarga oshirdi

Oʻzbekiston 2026-yil yanvar-avgust oylarida shakar importini keskin ko‘paytirdi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Tahlilga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan jami qiymati 318,7 mln dollarlik 559,4 ming tonna shakar olib kirilgan. Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 140,5 mln dollarga teng 221,6 ming tonna edi. Farq qariyb 2,5 baravar oshgan.

Oʻzbekistonga shakar importida asosiy yoʻnalish sifatida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Sakkiz oyda poytaxtdagi beshta korxona mamlakatga jami 426,5 ming tonna mahsulot olib kirgan (umumiy hajmning 76,2 foizi).

Shuningdek, Xorazm (54,2 ming tonna), Buxoro (17,5 ming tonna) va Qashqadaryo (14,7 ming tonna) viloyatlaridagi korxonalarning shakar importidagi ulushi ham nisbatan yuqori bo‘lgan.

Faqat avgust oyining o‘zida mamlakat chetdan 53,9 ming tonna mahsulot xarid qilgan. O‘tgan sakkiz oy ichida eng katta shakar importi iyul oyiga to‘g‘ri kelgan — 99,2 ming tonna. Eng past ko‘rsatkich esa yanvarda qayd etilgan — 51,5 ming tonna. Qolgan oylarda shakar importi quyidagicha bo‘lgan:

fevral — 60 ming tonna;

mart — 70,9 ming tonna;

aprel — 80 ming tonna;

may — 68,5 ming tonna;

iyun — 75,3 ming tonna.

Avvalroq Statistika qoʻmitasi 2025-yil avgustidan 2026-yil avgustigacha bo‘lgan davrda shakar 1,6 foizga qimmatlashganini maʼlum qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.