Iqtisodiyot

Avgustda yil boshidan beri eng kam benzin import qilindi

Avgustda yil boshidan beri eng kam benzin import qilindi

Oʻzbekiston 2026-yil avgust oyida 16,1 ming tonna benzin import qildi.

Tahlillarga koʻra, benzin importi yil boshidan buyon keskin kamayib bormoqda. Jumladan, yanvarda xorijdan 125,9 ming tonna, fevralda 153,3 ming tonna benzin xarid qilingan. Mart oyida bu koʻrsatkich 149 ming tonnani, aprelda esa 140,5 ming tonna yoqilgʻini tashkil etgan. Keyin may oyida import hajmi 72 ming tonnaga, iyunda 50,7 ming tonnaga, iyulda esa 27,2 ming tonnaga tushgan.

Shu bilan birga, joriy yilning umumiy import hajmi 2025-yildagi ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori ekani ko‘rinadi. Xususan, 2026-yil yanvar-avgust oylarida jami qiymati 437,4 million dollarlik 721,45 ming tonna benzin import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 294,3 million dollarga teng 511 ming tonnani tashkil etgan. Ya’ni, bu yil o‘tgan yilga nisbatan qariyb 210 ming tonna ko‘proq benzin sotib olingan.

Bir tonna import benzinning narxi 2025-yilning sakkiz oyida o‘rtacha 575,9 dollar bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 606,2 dollargacha oshgan.

Taqqoslash uchun, 10-sentyabr kuni Respublika tovar-xomashyo birjasida bir tonna benzin 13,3 million soʻmdan yoki 1132 dollardan sotildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.