Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti AQSH prezidentining maxsus vakilini qabul qildi

Bishkek shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida Serjio Gor Oʻzbekistonning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarini bildirdi va Shavkat Mirziyoyevga AQSH Prezidenti Donald Trampning salomi hamda ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqot, parlamentlararo va hududlararo aloqalarning ijobiy rivojlanish surʼati, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning izchil kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surishni davom ettirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, "S5+1" formati doirasidagi boʻlajak tadbirlarga hamda Oʻzbekiston-Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrishga katta eʼtibor qaratildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.