Oʻzbekiston Prezidenti Aqaba jarayoni sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5−6 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Astanada boʻladi. U yerda u Iordaniya podshohi tomonidan ilgari surilgan global xavfsizlik sohasidagi xalqaro tashabbus — Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Aqaba jarayoni sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga joʻnab ketadi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Iordaniya Podshohi Abdulla II ning taklifiga binoan 5–6 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Davlat rahbari Aqaba jarayoni doirasida Markaziy Osiyo yetakchilarining uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuv sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlash, undan terrorchilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish, shuningdek, yangi texnologik tahdid va xavf-xatarlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlanadi.
Aqaba jarayoni — 2015 yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusdir. U terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va xavfsizlik sohasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.

