Oʻzbekiston MB ayirboshlash kursini hisoblash tartibini oʻzgartiradi
15 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Markaziy bankining rasmiy kursi birja va birjadan tashqari banklararo valyuta bitimlari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi.

Oʻzbekiston Markaziy banki 2026 yil 15 sentyabrdan boshlab ichki valyuta bozorida rasmiy ayirboshlash kurslarini shakllantirish va eʼlon qilish tartibini oʻzgartiradi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu sanadan boshlab rasmiy kurslarni hisoblashda nafaqat valyuta birjasida tuzilgan bitimlar, balki banklararo birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar ham hisobga olinadi.
Rasmiy ayirboshlash kursi birja va birjadan tashqari bitimlar yakunlari boʻyicha shakllangan oʻrtacha tortilgan kurs asosida belgilanadi.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, yangi yondashuv rasmiy kursni hisoblashda ichki valyuta bozori operatsiyalarining yanada kengroq doirasini qamrab olish imkonini beradi. Bu, kutilayotganidek, uning joriy holatini yanada aniqroq aks ettirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, dam olish kunlarida rasmiy kurslarni qoʻllash tartibi ham oʻzgaradi. Shanba, yakshanba va boshqa dam olish kunlarida oxirgi ish kuni yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan kurslar qoʻllaniladi.

