Iqtisodiyot

O‘zbekistonda valyuta birjasidagi savdolar vaqti uzaytiriladi

10-avgustdan boshlab valyuta birjasidagi savdolar soat 17:00 ga qadar davom etadi. Markaziy bank savdo sessiyasining uzaytirilishi banklarga kun davomida valyuta likvidligini yanada samarali boshqarish, mijozlar to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xorijiy valyutadagi to‘lovlar uzluksizligini ta’minlash imkonini berishini ta’kidlamoqda. Hozirda savdolar 15:00 ga qadar amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda valyuta birjasidagi savdolar vaqti uzaytiriladi. Markaziy bankning ma’lum qilishicha, ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va banklar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2026-yil 10-avgustdan boshlab valyuta birjasidagi savdolar soat 17:00 ga qadar davom etadi. Hozirda savdolar 15:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Regulyatorning ta’kidlashicha, savdo sessiyasining uzaytirilishi banklarga kun davomida valyuta likvidligini yanada samarali boshqarish, mijozlarning to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xorijiy valyutadagi to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi.

"Valyuta birjasidagi savdolar yakunlari asosida 74 ta xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan rasmiy kurslari har bir bank ish kuni soat 17:30 da Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi", — deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun, rasmiy valyuta kurslaridan buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda amaldagi tartibda foydalaniladi. Rasmiy kurslar Markaziy bank veb-saytining "Valyutalar kurslari arxivi" bo‘limida joylashtirib boriladi.

Avvalroq tadbirkorlar uchun valyuta operatsiyalarida yengillik joriy etilgani xabar qilingandi. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga 16-iyulda kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari endilikda ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini qayta sotib olish amaliyotisiz o‘zgartirishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.