Mahalliy

Oʻzbekiston mahallalarida «3–30–300» standarti joriy etiladi

Oʻzbekistonda 2026-yil 1-oktabrdan tozalik va ozodalik dolzarb ikki oyligi oʻtkaziladi. 2027-yildan esa «Mahallani yashillashtirish» paketi joriy etilib, ekologik huquqbuzarliklar uchun undiriladigan jarimalarning 90 foizi mahalla jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston mahallalarida «3–30–300» standarti joriy etiladi. Bu prezidentning 2026-yil 23-sentabrdagi «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–206-son farmonida belgilangan.

### Har bir mahallada «3–30–300» standarti

Farmonda har bir mahallada har bir odam uchun uchta daraxt, 30 foiz daraxt soyasi va 300 metr atrofda yashil hudud boʻlishini nazarda tutuvchi «3–30–300» xalqaro standartini joriy etish maqsadi belgilangan.

2030-yilga qadar yashil bogʻlar va yashil jamoat parklari soni 1 023 taga yetkaziladi. Jumladan, 2026-yil kuz mavsumida 257 ta shunday bogʻ va park yaratish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, 2030-yilgacha har bir tuman va shaharda umumiy uzunligi kamida 10 kilometr boʻlgan kamida beshta soyali sayr koʻchasi tashkil etiladi.

1-oktabrdan yashil hududlar uchun joylarni aniqlash, yerlarni tayyorlash, koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari boshlanadi. Koʻchat ekish mavsumi esa hududlar boʻyicha quyidagi sanalarda start oladi:

- 1-noyabrdan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;

- 5-noyabrdan — Buxoro va Navoiy viloyatlarida;

- 10-noyabrdan — Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;

- 20-noyabrdan — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida.

Ekologiya qoʻmitasiga ushbu muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi berilgan.

Ikki oylik davomida ariqlar, zovurlar, kanallar va umumiy foydalanishdagi hududlar chiqindilardan tozalanadi, mavsumiy yogʻingarchiliklarga tayyorlanadi. Mahallalar, koʻp kvartirali uylar atrofi, ijtimoiy obyektlar va boshqa jamoat joylarida obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

2027-yil 1-yanvardan «Yashil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yashillashtirish» paketi joriy etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.