Oʻzbekiston dunyodagi eng tinch davlatlar reytingida 30 pogʻonaga koʻtarildi
Oʻzbekiston Global Peace Index 2026 reytingida bir yil ichida birdaniga 30 pogʻonaga koʻtarilib, 37-oʻrinni egalladi. 2025 yilda mamlakat 67-oʻrinda edi. Reyting Institute for Economics & Peace (IEP) tomonidan tayyorlangan. Unga 163 ta davlat kiritilgan. Oʻzbekiston koʻrsatkichi 1,726 ballni tashkil etdi. Tadqiqot yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ham yetakchiga aylandi. Qozogʻiston 44-oʻrinni egalladi, Tojikiston […]

Oʻzbekiston dunyoning eng tinch mamlakatlari reytingida 30 pogʻonaga koʻtarildi
Oʻzbekiston Global Peace Index 2026 reytingida bir yil ichida oʻz natijasini birdaniga 30 pogʻonaga yaxshilab, 37-oʻrinni egalladi. 2025 yilda mamlakat 67-oʻrinda edi.
Reytingga 163 ta davlat kiritilgan. Oʻzbekistonning koʻrsatkichi 1,726 ballni tashkil etdi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ham yetakchiga aylandi. Qozogʻiston 44-oʻrinni, Tojikiston 47-oʻrinni, Qirgʻiziston 61-oʻrinni, Turkmaniston esa 66-oʻrinni egalladi.
Global Peace Index mamlakatlarni 23 ta koʻrsatkich boʻyicha baholaydi. Ular uchta asosiy toifaga guruhlangan: xavfsizlik va jamoat tartibi, ichki va xalqaro mojarolar hamda harbiylashish darajasi.
Shu tariqa, reyting nafaqat ichki xavfsizlikni hisobga oladi. U, shuningdek, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikning umumiy holatini ham aks ettiradi.
Reytingdagi yuqori oʻrinlar davlatning turistik jozibadorligiga ham taʼsir qilishi mumkin. Sayyohlar yoʻnalishni tanlashda xavfsizlik, jinoyatchilik, terrorizm va siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladilar.
Oʻzbekistonning 30 pogʻonaga koʻtarilishi uning xavfsiz va barqaror turistik yoʻnalish sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

