Oʻzbekiston Dakardagi oʻsmirlar Olimpiadasida suzish boʻyicha tarixiy medalni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston Dakardagi oʻsmirlar Olimpiadasida suzish boʻyicha tarixiy medalni qoʻlga kiritdi
Suzuvchi Muhammadismoil Rahmonov Senegaldagi IV yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekistonga birinchi medalni keltirdi. U 200 metrga brass usulida suzish masofasida bronza medali sovrindori boʻldi. Ushbu mukofot mamlakat tarixida oʻsmirlar Olimpiadasida suzish boʻyicha birinchi medal boʻldi.
Final suzishida Rahmonov 2 daqiqa 15,79 soniya natijani koʻrsatdi. Oltin medalni masofani 2 daqiqa 12,33 soniyada suzib oʻtgan yaponiyalik Iori Miyadzaki qoʻlga kiritdi. Kumush medal 2 daqiqa 13,50 soniya vaqt bilan marraga yetib kelgan Litva vakili Domas Vilimasga nasib etdi.
Oʻzbekistonlik sportchining tarixiy yutugʻini Butunjahon suv sport turlari federatsiyasi World Aquatics alohida eʼtirof etdi. Rahmonovning chiqishiga qadar oʻzbekistonlik suzuvchilar birror marta ham oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari shohsupasiga koʻtarilmagan edi.
Dakardagi musobaqalar 31 oktyabrdan 13 noyabrgacha boʻlib oʻtmoqda. unda Oʻzbekiston sharafini 11 ta sport turi boʻyicha 19 nafar sportchi himoya qilmoqda. Rahmonov shuningdek 50 va 100 metrga brass usulida suzish masofalariga ham roʻyxatdan oʻtgan.
Iyul oyida Rahmonov ushbu masofada yosh toifalari boʻyicha Osiyo chempioni boʻlgan edi. Bangkokdagi musobaqalarda u 2 daqiqa 16,17 soniya natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.

