Behruzbek Usmonov dzyudo bo'yicha jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ekvadorda dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Bexruzbek Usmonov 73 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritdi.

Behruzbek Usmonov Ekvadorda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi dzyudo bo'yicha jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston dzyudo federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, milliy terma jamoa sharafini himoya qilayotgan Usmonov 73 kg vazn toifasida uchinchi o'rinni egalladi.
Bu bronza medal O'zbekiston jamoasi uchun yana bir kunlik musobaqadan so'ng yagona mukofot bo'ldi.
Jahon chempionatining ikki kunidan so'ng O'zbekiston jamoasi beshta medalga ega bo'ldi: bitta oltin va to'rtta bronza.
Bu natija O'zbekiston jamoasini umumiy jamoaviy reytingda kuchli uchlikka kiritdi.

